Huawei 1
2022-yilning eng yaxshi klublari reytingi e’lon qilindi. Undan O‘zbekistonning 3 klubi joy olgan

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2022-yil yakunlariga koʻra jahonning eng kuchli klublari reytingini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Braziliyaning “Flamengo” jamoasi reytingda peshqadamlik qilmoqda — 299 ochko. Shuningdek, keyingi oʻrinlarni “Liverpul”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Real” band etgan.

Ahamiyatli jihati roʻyxatdan Oʻzbekistonning 3 klubi joy olgan:

“Nasaf” — 183-oʻrin (87 ochko)
“Soʻgʻdiyona” — 249-oʻrin (71,5 ochko)
“Paxtakor” — 390-oʻrin (57 ochko).

Qayd etish joiz, Qarshining “Nasaf” jamoasi klublar orasida Osiyo miqyosida 10-pogʻonada joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51416 | Инструменты