Huawei 1
2025-yilda «Oltin to‘p» uchun kimlar kurashishi ma’lum bo‘ldi

«Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh 2025-yilda «Oltin to‘p»ni olish uchun asosiy da’vogar, deyishmoqda ekspertlar.

32 yoshli futbolchining mukofotni olish imkoniyati 22,2 foiz deya baholanmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Real Madrid» futbolchilari — Vinisius Junior va Kilian Mbappe egallagan (16,7 foizdan).

Quyidagi futbolchilar ham bu yilgi «Oltin to‘p»ni olishga da’vogarlar qatorida sanab o‘tilgan:

«Barselona»dan — Lamin Yamal, Robert Levandovski, Rafinya, «Manchester Siti»dan — Erling Holand, «Chelsi»dan — Koul Palmer, «Real»ning yana bir futbolchisi — Jud Bellingem.

Eslatib o'tamiz, Rodri 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylangandiShundan so'ng «Real Madrid» futbol klubi keskin bayonot berib, endi ular uchun «Oltin to‘p» kabi mukofot yo‘qligini aytgandi. Qirollik klubining fikricha, agar Vinisius Junior bo‘lmasa, unda Dani Karvaxal sovrinni qo‘lga kiritishga loyiq edi, ammo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri emas.

“Oltin to‘p” tashkilotchilari esa nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirgandi. France Football bosh muharriri Vensan Garsiya “Oltin to‘p” mukofotini jamoatchilik kutilmalari va mish-mishlarga zid ravishda “Real” hujumchisi Vinisius emas, balki “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri olgani sababini aytib o‘tgan.

"Oltin to'p" - har yili Fransiyaning France Football jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan futbol mukofoti. Umuman olganda, futbolchi uchun eng nufuzli individual mukofot hisoblanadi. Birinchi "Oltin to'p" 1956-yilda berilgan.

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12903 | Инструменты