«Real Madrid» futbol klubi endi ular uchun «Oltin to‘p» kabi mukofot yo‘qligini aytdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra qirollik klubining fikricha, agar Vinisius Junior bo‘lmasa, unda Dani Karvaxal sovrinni qo‘lga kiritishga loyiq edi, ammo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri emas.
«Real Madrid» ovoz berish natijalaridan hayratda va klubdan hech kim taqdirlash marosimida qatnashmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni «Real» Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10302 | Инструменты