Huawei 1
23-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Janluka di Marsio: "Yuventus" Memfis Depay o'rniga Arkadiush Milikni tanladi. Depayning kelajagi hali ham mavhum, u klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin;

* Kazemiro: "Men Yevropa Chempionlar Ligasi finalidan keyinoq Madriddan ketish haqida o'ylashni boshlagan edim";

* PSJ sobiq futbolchisi Ander Errera "Atletik Bilbao"ga erkin agent sifatida o'tishga yaqin turibdi. Futbolchi ayni damda Bilbaoda;

* "Milan" "Shtutgart"ning 17 yoshli himoyachisi Yan Shimichni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Ta'kidlanishicha, shartnoma ertaga imzolanadi;

* Fabritsio Romano: Franchesko Acherbi "Marsel"dan tushgan taklifni rad etdi. U "Inter"ga o'tib, yana Simone Indzagi qo'l ostida ishlashni istayapti;

* Leverkuzenning "Bayer" klubi a'zosi Iker Bravo Madridning "Real" klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. "Qirollik klubi" tez orada transferni amalga oshiradi;

* "Tottenhem" ayni damda "Lids" safida to'p surayotgan Deniel Jeymsnj o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub futbolchi uchun 15 mln yevro to'lashga tayyor;

* Rasman: "Vest Hem" "Chelsi"dan himoyachi Emersonni sotib olganini ma'lum qildi;

* "Manchester Yunayted" "Ayntraxt Frankfurt" darvozaboni Kevin Trappni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha rasmiy taklif jo'natdi. Unga ko'ra, klub posbonga 4 yillik shartnoma hamda 10 mln yevro maosh taklif qilgan;

* "Chelsi" "Lester"ga Uesli Fofana transferi bo'yicha eng so'nggi so'rovni yubordi. Unda klub futbolchi uchun "tulkilar"ga 70 mln berishi ko'zda tutilgan. Agar klub bunga ko'nmasa, londonliklar transferdan voz kechadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты