Huawei 1
25-may: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Rasman: Rayan Gravenberx "Bavariya", futbolchisi. Shartnoma 2027-yilga qadar imzonalib, 4,5 mln yevro maosh bo'yicha kelishuvga erishildi;

* MYU yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Din Henderson o'rniga "Valensiya" posboni Georgiy Mamardashvilini sotib olmoqchi;

* Muhammad Saloh kelasi mavsum ham "Liverpul"da qolishini rasman ma'lum qildi;

* PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'rniga yozda "Sporting" ustozi Ruben Amorim tayinlanishi mumkin;

* Aleksandr Cheferin (UEFA prezidenti): "PSJ va Mbappe ishi bo'yicha hech kim bizga hech nimani o'rgata olmaydi. Moliyaviy feyr-pley masalasiga kelsak, menimcha, "Real" ham yaxshigina summa taklif etgan";

* Yevropa Konferensiyalar Ligasi finali doirasida kechgan bahsda Shomurodovning "Roma" klubi "Feyenoord"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va kubok sohibiga aylandi. Finalda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi;

* "Roma" so'nggi 12 yilda Yevrokuboklarda g'alaba qozongan ilk Italiya klubi bo'ldi. Oxirgi bor italyanlardan "Inter" YChL chempioni bo'lgan va unda ham murabbiy Joze Mourinyo bo'lgan edi

* Mourinyo faoliyati davomida 5 marotaba Yevrokuboklar finaliga chiqqan va ularning barchasida g'alaba qozongan;

* "Roma" himoyachisi Kris Smolling "Feyenoord"ga qarshi final o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52607 | Инструменты