Huawei 1
A Seriya grandi Maguayrni sotib olmoqchi. Harri faqat bir shart bilan u klubga o‘tishga rozi bo‘lgan

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Harri Maguayr “Inter” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Maʼlumotlarga koʻra, “neradzurrilar” “mankunianlar”ga ijara borasida taklif yuborishdi. Ular PSJga oʻtayotgan Milan Shkrinyar oʻrniga himoyachi izlashmoqda.

Maguayr yozgacha MYUda qolishni va shundan soʻng klubdagi vaziyatiga qarab qaror qabul qilishni xohlamoqda. MYU ham shu fikrda. Biroq, milanliklar yuqori maosh taklif qilishsa, qishdayoq A Seriyaga o‘tishga qarshi emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61003 | Инструменты