O‘zbekiston terma jamoasi hamda “SSKA” klubi futbolchisi YouTubedagi “Qobiljonov” kanaliga bergan intervyusida futbolchining dushmani haqidagi savolga javob berdi.
“Futbolchining eng katta dushmani bu pul va mashhurlik hisoblanadi. Bu ikkisi qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Futbolchi mashhur bo‘lgach, o‘zini tutishi o‘zgarib qoladi va muomalasi o‘zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun, o‘ylaymanki inson avvalo yaxshi inson bo‘lishi kerak.
Uyda dadam va tog‘am doimo ta’kidlaydigan gap bor. “Yaxshi futbolchi bo‘lishdan oldin, birinchi navbatda yaxshi inson bo‘lishing kerak”, deydi. Agar yaxshi futbolchi bo‘lsang-u, odamgarchiliging bo‘lmasa, hech kim seni hurmat qilmaydi. O‘yining zo‘r bo‘lmasa ham insoniyliging yuqori bo‘lsa, odamlar orasida ham hurmating baland bo‘ladi”, deydi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112120 | Инструменты