Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo'nalishidagi iqtisodiy va biznes-klass aviachipta tariflariga 20% gacha chegirmalar berish muddati 2024-yil 16-dekabrgacha uzaytiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Shuningdek, Kuala-Lumpurga va orqaga aviaqatnovlarda ekonom klass uchun bagaj tashish me’yori oshadi: endi avvalgi 23 kg o'rniga, 30 kg gacha yuk olish mumkin. Ushbu aksiya 2025-yil 29-martgacha amal qiladi.
Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 20% gacha chegirma amal qilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112122 | Инструменты