Huawei 1
Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-185-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

—  mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;

—  yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga taʼlim olish, bandligini taʼminlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;

—  tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;

—  bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;

—  “Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi.

2025 yil 1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

“Onalar maskani”da:

—  onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi;

—  ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

—  onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga ko‘maklashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112122 | Инструменты