Huawei 1
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi.

Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112123 | Инструменты