Huawei 2
Abbosbek Fayzullayev Italiyada o'ynashi mumkin

ParmaLive sayti xabariga ko'ra, Italiyaning "Parma" klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Hozirda "B" Seriyada yaqqol peshqadamlik qilib, yangi mavsumni A Seriyada boshlashi kutilayotgan parmaliklar hozirdan tarkibni kuchaytirish haqida o'ylamoqda.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Fayzullayev o'tgan yozda "Paxtakor"dan 500 ming yevroga transfer qilingan edi.

Avvalroq, O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisiga "Bavariya" klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga