Huawei 1
Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov terma jamoaga chaqirildimi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘inlari uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 mart kuni Qirg‘iziston termasini qabul qiladi. 25 mart kuni esa Eronga qarshi safarda maydonga tushadi. Ushbu yig‘inga “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jalb etildi.Bosh murabbiy Temur Kapadze tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati quyidagicha:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev;

Himoyachilar: Abdulla Abdullayev, Xojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Farrux Sayfiyev, Dilshod Komilov, Sherzod Nasrullayev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Zafarmurod Abdurahmatov;

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Abbos Fayzullayev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Otabek Shukurov, Abdurauf Bo‘riyev, Akmal Mozgovoy, Ruslan Jiyanov.

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Bobur Abdixoliqov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32020 | Инструменты