Huawei 1
“Adidas” Messi ismi tushirilgan futbolkalarga bo‘lgan talabni qondira olmayapti

Germaniyaning “Adidas” kompaniyasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining liboslariga bo‘lgan talabni qondira olmayapti.

“Marca” nashrining xabariga ko‘ra, kompaniya Argentina terma jamoasining 10-raqamli libosini butun dunyo bo‘ylab va barcha o‘lcham toifalarida ishlab chiqarishda tanqislikka duch kelmoqda. Tashkilot mahsulotlar juda yaxshi sotilishini taxmin qilgan, biroq talab bu qadar oshib ketishini kutmagan.

Nemis korxonasi 18-dekabr kuni Argentina Mundial finalida g‘alaba qozongan taqdirda, savdo nuqtalarini liboslar bilan ta’minlashda muammo kelib chiqmasligi uchun ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda. Hozirgi taqchillik qalbaki liboslarni ishlab chiqarish va sotilishiga olib kelmoqda. Bu ayyorliklar Argentina futbol assotsiatsiyasiga ham ma’lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102714 | Инструменты