Huawei 1
Tamaki chekuvchilar yiliga 2,5 hafta kamroq ishlaydi - tadqiqot

Britaniyaning YouGov bozor tadqiqoti va ma’lumotlar tahlili kompaniyasi tamaki chekuvchilar qancha vaqtini chekishga sarflashini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, tamaki chekishga bir haftada o‘rtacha 2 soatdan ortiq vaqt ketadi va bu bir yilda 92 soatga yetadi (ta’til va bayramlar qo‘shib hisoblanganda).

Shunday qilib, chekuvchilar har yili qo‘shimcha «2,5 hafta ta’til» oladi. Respondentlarning 69 foizi ish kuni davomida chekish uchun tanaffus qilmaydi. So‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi bunday tanaffuslar ish tartibida nazarda tutilgan tushlik yoki dam olish vaqtlari doirasi amalga oshirilmasligini tan olgan.

Shu bilan birga, chekuvchilarning aksariyati o‘zlarining chekmaydigan hamkasblari ular qo‘shimcha tanaffus olishlaridan g‘azablanmasliklarini ma’lum qilgan. Har besh nafar chekuvchining faqat bittasi bu borada salbiy qarashlarga duch kelishini bildirgan.

Avvalroq Michigan universiteti olimlari har qanday yoshda ham tamaki chekishdan voz kechish inson sog‘lig‘i uchun foydali va umrni uzaytirishini aniqlagan edi. Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bo‘lib, u tananing deyarli barcha organlariga zarar yetkazadi va saratonning ko‘plab turlarini, insult, yurak va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102716 | Инструменты