Huawei 1
Agar ertaroq gol urganimizda hisob ham boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi – Temur Kapadze

O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Qirg‘izistonga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalo, hamyurtlarimizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Biz uchun eng muhimi g‘alaba edi. Imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Agar ertaroq gol urganimizda hisob ham boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi. Lekin bunga qaramasdan Qirg‘iziston ham yomon o‘ynamadi. Yaxshi himoyalandi. Biz  endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, deydi Kapadze.

Ma’lumot o‘rnida, Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 7-turida Qirg‘izistonni qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa, O‘zbekiston  milliy terma jamoasi guruh bosqichida 16 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni mustahkamladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32806 | Инструменты