Huawei 1
“Al-Hilol” prezidenti Ronaldu transferi nima sababdan amalga oshmay qolganini ma’lum qildi

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi prezidenti hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan muzokaralar o'tkazilgani haqida ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, joriy yil yozida faqat Saudiya Arabistoni klubi “Manchester Yunayted”ga portugaliyalik futbolchi boʻyicha taklif yuborgan.

“Ha, biz Ronaldu bilan muzokara olib bordik. Muammo pul yoki prinsiplarda emasdi. “Al Hilol” jahon yulduzlari bilan shartnoma imzolashga qodir, ammo bunga Sport arbitraj markazining yangi futbolchilarni roʻyxatga olishni taqiqlash haqidagi qarori sabab boʻladi. Shunga qaramay, biz oʻyinchilar bilan muzokaralarni toʻxtatmadik, biroq yakuniy masalalarni cheklovlar olib tashlanmaguncha qoldirdik”, — deydi Fahad bin Nafil.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” kelasi yili jamoani tark etadigan Ronaldu o'rniga o'rinbosar topgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20221 | Инструменты