Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
31 yanvar kuni Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi tomonidan davlat raqami belgisiz harakatlanib kelayotgan Onix jyezl va hushtak yordamida to‘xtatish chorasi ko‘rilganda, haydovchi o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirib, inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, mashinani xodim ustiga haydab, unga tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi 140-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты