Huawei 1
Havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli Tehronda maktab darslari bekor qilindi

Havoning ifloslanishi yuqoriligicha qolayotgan Eron poytaxti Tehronda yakshanba kuni maktab darslari bekor qilindi.

Tehron meriyasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Damavand va Firuzkuh tumanlaridagi universitetlar bundan mustasno, taʼlim muassasalari havoning kuchli ifloslanishi davom etayotgani sababli yopiq qoladi.

O‘quv jarayoni masofadan turib olib boriladi.

Tehronning havo sifatini o‘lchaydigan shirkati bugun poytaxtda ifloslanish darajasi har kubometr uchun 150 mikrogrammni tashkil etganini aytdi.

Bu ko'rsatkich havo sifati barcha shahar aholisi salomatligi uchun zararli ekanligini anglatadi.

Shuningdek, qo‘shni Elburz viloyatida ertaga maktablar yopilishi xabar qilingan.

Tehron havosining ifloslanishi, ayniqsa qishda, shahar uchun jiddiy muammoga aylanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20219 | Инструменты