Ispaniyalik mutaxassis Habi Alonso mavsum yakunida Germaniyaning “Bayer” klubidan ketishini eʼlon qildi.
«Klub bilan bu ikki o‘yin men uchun oxirgisi bo‘lishi haqida kelishib oldik. Ishonamizki, ketish vaqti keldi va bugun buni eʼlon qilish uchun eng yaxshi vaqt.
Keyingi klub? Hozircha bu haqda gapirishning mavridi emas, chunki biz yakshanba kuni yaxshilab xayrlashmoqchimiz», – dedi u matbuot anjumanida.
“Bayer” rasmiy saytida ham u ketayotgani eʼlon qilingan, klub bosh direktori Fernando Karro Habi Alonso boshqaruvi davrida klub futbol olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganini eʼtirof etgan.
Uning keyingi manzili “Real”, ammo u Madridda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin ish boshlaydi.
Habi savolga javob berishdan qochgan bo‘lsa-da, uning keyingi klubi nomi maʼlum – “Real”.
Marca nashri yozishicha, Alonso 2028 yil yoziga qadar amal qiluvchi uch yillik shartnoma imzolaydi. Habi bilan uning shtabi aʼzolari – assistent Sebastyan Parrilya va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Alberto Ensinas ham Ispaniya poytaxtiga ko‘chib o‘tadi. Alonsoning shartnomasi muddati 2026 yil yoziga qadar bo‘lgani uchun “Bayer”ga tovon puli to‘lanadi.
Shu bilan birga, Marca Habi “Real”ni klublar o‘rtasidagi JCH vaqtida boshqarmasligini aytib o‘tgan. Katta ehtimol bilan, turnirga tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bo‘lmasligi sababli – turnir Millatlar Ligasi o‘yinlaridan atigi bir hafta o‘tib boshlanadi. Murabbiy to‘laqonli dam olish va ishni iyuldan boshlash maqsadga muvofiq deb topgan. Oldinroq Caden SER radiosi Alonso baribir madridliklar klubi bosh murabbiyi sifatida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borishini xabar qilgandi.
Karlo Anchelotti “Real”ni La Liganing so‘nggi turidan keyin tark etadi – so‘nggi tur o‘yinlari 25 mayga belgilangan. Katta ehtimol bilan, italiyalik mutaxassis Braziliya milliy jamoasi boshqaruviga boradi, ammo bu masala oxirigacha hal qilinmagan. Shu bilan birga, Karlo ham “Real”ni AQSHda o‘tadigan klublar o‘rtasidagi JCHda boshqarmaydi. Katta ehtimol bilan, bu vazifa Santyago Solariga topshiriladi, u jamoani 2018/19 yillar mavsumida ham boshqargandi, hozir esa klub texnik direktori lavozimida ishlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70902 | Инструменты