Huawei 1
Andres Inyesta professional faoliyatini yakunlaydi

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining 40 yoshli sobiq yarim himoyachisi faoliyatini yakunlashi haqida 8 oktyabrda eʼlon qiladi, u klubdagi faoliyatinining katta qismini aynan 8-raqamda o‘tkazgan.

Inyesta faoliyati davomida “Barselona”, "Vissel Kobe" va “Emireyts” jamoalarida o‘ynadi. Yarim himoyachi Kataloniya klubi tarkibida 4 bor Chempionlar ligasini yutdi, 9 bor Ispaniya chempioniga aylandi va 6 bor Mamlakat kubogida zafar quchdi. Inyesta Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi JCH, 2008 va 2012 yilgi Yevropa chempionatlarida g‘olib chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100120 | Инструменты