Huawei 1
“Atletiko Madrid” yuqori maoshli 5 nafar futbolchisining maoshini qisqartirmoqchi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi jamoadagi yirik maosh oladigan futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqchi. Bu haqda Britaniyaning nufuzli “Goal” nashri xabar berdi.

Shu munosabat bilan Madrid klubi hujumchilar Antuan Grizmann va Joau Felish, yarim himoyachilar Koke va Toma Lemar, darvozabon Yan Oblakdan maoshini kamaytirishni soʻragan.

Lemar va Oblak allaqachon yon berishgan va yangi shartnomalar boʻyicha kelishib olishgan. Qolgan futbolchilar bilan muzokaralar ham ijobiy ketmoqda.

Avvalroq, “Barselona” moliyaviy feyr-pley tufayli barcha maoshlarni 2 baravar qisqartirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101111 | Инструменты