Kecha, 12 yanvar kuni Ispaniya chempionati (L Liga) 19-turida Madridning “Atletiko” klubi “Osasuna”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Birinchi taym teng kurashlar ostida kechdi, hujumda faolroq “Atletiko”ni “Osasuna” dastlabki 45 daqiqada ushlay oldi.
Ikkinchi taymda “Atletiko” tezda hisobda oldinga o‘tib oldi, 55-daqiqadagi golni Alvares o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Yakunda yagona ushbu gol madridliklarning g‘alabasi uchun yetarli bo‘ldi (1:0).
“Atletiko” 44 ochko to‘plab yana turnir jadvalini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘ringa tushgan «Real Madrid» hisobida 43 ochko bor.
Eslatib o‘tamiz, kecha oqshom “Barselona” «Real Madrid»ni 5:2 hisobida yengib, Ispaniya Superkubogi sohibiga aylangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11401 | Инструменты