“Atletiko” hujumchisiga PSJ va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ketmoqchi
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Joau Felish faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Nufuzli “AS” nashri xabariga koʻra, PSJ va “Bavariya” grand klublari futbolchini sotib olishga shay.
Portugaliyalik oʻzining klubdagi holatidan norozi. FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin 22 yoshli hujumchi 5 uchrashuvda jami 37 daqiqani maydonda oʻtkazdi.
Felishning “matraschilar” bilan kelishuvi 2026-yilning iyunigacha amal qiladi. Futbolchining tovon puli – 350 million yevro.
Avvalroq, “Atletiko” boshqa bir hujumchisi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты