“Atletiko” murabbiyi “Siti”ga qarshi bahs oldidan YChL favoritlari kimlar ekanini aytdi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone YChL chorak finali doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi oʻyin oldidan raqibning ustunligini tan oldi.

“YChLda “Manchester Siti” va “Bavariya” bosim ostidami? Barchada bosim bor, faqat ularda emas. “Siti” va “Bavariya” — favoritlar, ammo oʻtgan yili hech kim kutmaganda “Chelsi” gʻalaba qozongandi.

Raqib futbolchilari biznikilardan yaqqol kuchli. Menga “Man. Siti” kabi jamoalarning eng koʻp yoqadigan jihatlari bu — ularning toʻpni qaytarib olish va raqibga hujumkor futbol taklif qilish uchun qilgan harakatlaridir.

“Siti”ni tomosha qilish zavqli. Menga eng yoqadigani — De Bruyne va Sterlingning doimiy faolligi hamda toʻpni yoʻqotib qoʻyganidan keyin ham taslim boʻlmasligi. Gvardiola ularga oʻz isteʼdodini oshirish uchun maʼlum miqdorda ish yuklaydi va bu har qanday murabbiyga yoqadi”, — deydi Simeone.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” va  “Atletiko” oʻrtasidagi birinchi oʻyin bugun, 5-apreldan 6-aprelga o'tar kechasi boʻlib oʻtadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты