Huawei 1
BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

15-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o‘ynaydi.

BAA terma jamoasi O‘zbekistonga 4 yo‘qotish bilan kelayotgani haqida xabar chiqdi. 4 futbolchidan biri Fabio De Lima. "Al Vasl" klubi futbolchisi 2013-yilda O‘zbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu holat O‘zbekistonda tekshiruvga sabab bo‘lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani maʼlum bo‘lgan. 

Shu bois Fabio hech qachon O‘zbekistonga uchib kelmaydi. O‘z vaqtida “Nasaf” OCHLda "Al Vasl"ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi. Yaqindagina "Al Vasl" “Paxtakor”ga qarshi o‘ynadi, tushunganingizdek Fabio kelmadi. U 15-oktyabr kungi bahsni ham BAAdan turib tomosha qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101413 | Инструменты