“Bardam bo‘l, to'xtama! Tez orada safga qaytasan! " Ronaldu jarohat olgan Fatini qo‘llab-quvvatladi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan tiklanayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fatiga murojaat qildi.
Ronaldu Instagramdagi sahifasiga 18 yoshli futbolchining reabilitatsiya mashqlarini bajarayotgani aks etgan videoni joylashtirdi va shunday yozdi: “Bardam bo‘l, to'xtama! Tez orada safga qaytasan!".
Ushbu mavsumda Fati "Barsa" safida La Liganing 7 uchrashuvida 4 ta gol urdi. Jarohati tufayli u 7 noyabrdan beri maydonga tushmayapti.

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты