Huawei 1
"Barselona" bir hafta ichida "Chelsi" futbolchisini o'z safiga qo'shib oladi

Ispaniyaning "Barselona" klubi "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensenni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "aristokratlar" a'zosining Kataloniya klubiga ko'chib o'tish ehtimoli 99% ga teng. Sababi, ispanlar futbolchiga yaxshi moliyaviy taklif jo'natgan, bu taklif esa daniyalik futbolchiga "Bavariya" tomonidan yo'llagan shartnoma shartlariga ko'ra qulayroq bo'lgan.

Bitim bir hafta ichida tugashi va Kristensenning mavsum oxirida Kataloniya klubiga erkin agent maqomida ko'chishi rasmiy maqomda bo'lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Andreas "Chelsi"ni hurmat qilgani uchun ingliz klublari takliflarini rad etgan.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52511 | Инструменты