Xavi ushbu himoyachi hamda hujumchiga ishonch bildirmayapti
Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning 2 nafar a'zosi klubdan ketishi kerakligini tasdiqladi.
“Xavi Umtiti va Breytueytga ishonch bildirmayapti. Ularning ”Barselona“dan ketgani yaxshiroq. Klubni koʻproq oʻyinchilar tark etishini kutmoqdamiz. Oʻtkazgan barcha operatsiyalarimizni hisobga olsak, biz barcha yangi oʻyinchilarni, shuningdek yangi shartnoma imzolagan futbolchilarimizni roʻyxatdan oʻtkaza olamiz.
Albatta, biz bundan xursand emasmiz. Lekin sharoit shuni taqozo qilmoqdaki, buni barcha birday tushunib, bizga yordam bersa, natijaga tezroq erishamiz”, — deydi Laporta.
Ma'lumot uchun, Umtiti oʻtgan mavsum kataloniyaliklar safida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan va shartnomasi 2026-yilning 30-iyunigacha mo'ljallangan. Breytueyt esa o'tgan mavsum 4 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 gol va 1 assistga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2024-yil yozigacha mo'ljallangan.
Avvalroq, “Barselona”ning o'z tarixida 45-bor “Gamper kubogi” sohibiga aylangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51320 | Инструменты