Huawei 1
“Barselona” qishgi transferlar oynasi vaqtida 3 futbolchisini sotib yubormoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubida qishgi transferlar oynasi uchun asosiy maqsadlar qanday ekanligi ma'lum bo'ldi.

“Diario Sport” nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan 3 nafar futbolchisini qishda sotib yubormoqchi. Yozda “Barsa” safida to'p suruvchi Memfis  Depay, Serxio Roberto, Ektor Belyerin, Markos Alonso hamda Inyaki Penyaning shartnomasi yakunlanadi. Klub direktori Mateu Alemanining ta'kidlashicha, Alonso hamda Inyaki bilan yangi shartnoma imzolanadi. Depay, Roberto va Belyerin esa jamoani tark etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, jamoa 2024-yilda shartnomasi tugaydigan Usmon Dembele hamda Aleks Balde bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Klub ularning kelajagiga ishonch bilan qaramoqda. Qishda sotib olishini rejalashtirilgan futbolchilar hozircha yo'q, biroq ular o'ng qanot himoyasi pozitsiyasini kuchaytirish niyatida.

Avvalroq, “Barselona” prezidenti klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102412 | Инструменты