AOKAda Soliq qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda biznes rivoji va soliq tushumlari yuzasidan maʼlumot berildi.
Hisobotlarni avtomatlashtirishga oid ayrim faktlar: QQS 93 %, yer, mol-mulk soliqlari hamda AOS hisoboti 100 % avtomatik ravishda shakllanyapti.
EHFlar bo‘yicha jami tovar aylanmasi 2023 yilga nisbatan salkam 17 foizga o‘sdi (QQS bilan), Onlayn-NKT orqali 1 milliardan ortiq chek rasmiylashtirilib, ular bo‘yicha aylanma 261,1 trln so‘mni tashkil etdi.
“Quyoshli xonadon” xizmati orqali 10,2 ming nafar foydalanuvchiga 11,6 mlrd so‘m, “Ijtimoiy keshbek” xizmati orqali 135,7 mingta foydalanuvchiga 24,6 mlrd so‘mlik subsidiya byudjetdan qaytarildi.
Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 520,6 mingta tadbirkorlik subyekti baholangan.
31 ming tadbirkor barqarorlik reytingini yaxshilab, halol tadbirkorlar safini kengaytirmoqda. Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 4,5 baravarga ko‘payib, jami 7,5 mingdan oshdi. AAA reytingdagi tadbirkorlarning 1107 tasiga 1,9 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10815 | Инструменты