Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik huquqi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan — qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qonun loyihalarini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizalari natijalari hamda qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va jamoatchilik muhokamasi natijalari, shuningdek qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish huquqini berishning zarur huquqiy asoslari hamda qonunlardagi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish va havolaki normalarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini hamda qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini yanada oshirishga xizmat kiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10815 | Инструменты