Huawei 1
“Barselona” prezidenti klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi

Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta klub tarixidagi eng zo‘r futbolchi haqida gapirdi.

“Biz, albatta, Messining “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchi ekanligini tan olamiz. Messi doim bizning xotiramizda.

Bu yakshanbada uning debyutiga 18 yil toʻladi va biz oʻzgacha narsa qilishni rejalashtirmoqdamiz. Uning muvaffaqiyatli faoliyati haqida hamma narsani bilamiz. Ehtimol, uni Parijda “Oltin toʻp” narosimi koʻrarman. U — hozir PSJ futbolchisi, buni hurmat qilish kerak. Leoning tan olinishini juda qadrlaymiz. Haligacha uning ismi yozilgan futbolkalarni kiyib yurgan “Barsa” muxlislari koʻp”, — deydi Kataloniya klubi prezidenti.

Avvalroq, Messining ayni damda nimadan ko‘proq xavotirga tushayotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты