Huawei 1
“Barselona” yozda 4 nafar eng tajribali futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubining keyingi mavsumdagi rejalariga qaysi futbolchilar kiritilmagani malum boʻldi.

“Marca” nashrining xabar berishicha, gap Serxio Buskets, Serxi Roberto, Jerar Pike va Xordi Alba haqida ketmoqda. Buskets va Robertoning shartnomalari kelasi yozda tugaydi, Pike va Alba bilan kelishuvlar esa 2024-yilgacha moʻljallangan.

Pike va Alba bu mavsumda jamoadagi oʻrnini yoʻqotdi, Buskets asosiy tarkibda qolmoqda, Roberto esa jarohatlar tufayli muntazam ravishda oʻynamaydi. Buskets kelajagi haqida Jahon chempionatidan keyin bir qarorga kelishi kutilmoqda.

Xavi Robertoning universalligini qadrlaydi, ammo Kataloniya klubi oʻng qanot himoyasi va yarimn himoyani kuchaytirmoqchi. Yanvarda 36 yoshga toʻladigan Pike va 33 yoshli Alba bilan vaziyat esa murakkab. Ularning shartnomalari yana 18 oy davom etadi va klubning katta maoshga qoʻshimcha ravishda ulardan kechiktirilgan toʻlovlar shaklida qarzi bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102410 | Инструменты