Yaqinda kutilayotgan qor bo‘roni AQSHning 12 shtatini qamrab oladi va 62 millionga yaqin odamga taʼsir qiladi, deb xabar qilmoqda CNN sinoptiklarga asoslanib. Kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamolning tezligi soatiga 65 kmga yetishi mumkin.
Bo‘ron Buyuk tekisliklar hududida hosil bo‘ladi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining sharqiy qirg‘oqlariga yetib boradi. Hodisa 6 yanvargacha davom etishi mumkin. Eng ko‘p yog‘ingarchilik Missuri, Illinoys, Indiana, Ogayo va G‘arbiy Virjiniya shtatlarida bo‘lishi mumkin. Merilend, Delaver va Kentukki shtatlarida kuchli sovuq ob-havo kutilmoqda.
Missuri shtatining Kanzas-Siti shahrida 18 sm dan ortiq qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu shtatda yanvar oyi uchun rekord darajadagi yog‘ingarchilik. Indianapolisda ham 29 sm dan ortiq qor yog‘ishi kutilmoqda. Bo‘ron elektr taʼminotida muammolarga olib kelishi mumkin. Virjiniya shtatida favqulodda holat eʼlon qilindi.
AQSH janubida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tornado va toshqinlarni istisno qilib bo‘lmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10713 | Инструменты