Huawei 1
Endi qo‘shimcha qabul asosida magistraturaga kirganlarga ta’lim krediti berilmaydi

Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan talabalarga ta’lim krediti berilmaydi.

2025-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid Prezident qarori bilan Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3 bandi 4-xatboshisiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, «ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan ta’lim kreditlari ajratish tartiblariga doir Nizom tasdiqlangan va 3-bandida «super kontrakt» uchun ta’lim krediti ajratilmaslik belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10713 | Инструменты