Huawei 1
“Barselona”ni yirik hisobda yenggan “Bavariya” biryo'la 3 rekordni yangiladi

Germaniyaning “Bavariya” klubi Chempionlar Ligasining 5-turida “Barselona”ni safarda 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Myunxenliklar YChL guruh bosqichidagi g‘alabali yurishini 12 ta o‘yinga yetkazdi va bu borada o‘z rekordini yaxshilab oldi.

Nemis jamoasi so‘nggi bor 2020-yilning 1-dekabrida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda (1:1) ochko yo‘qotgandi. “Bavariya”ning musobaqa doirasidagi keyingi o‘yini 1-noyabr kuni “Inter”ga qarshi kechadi.

Shuningdek, Myunxen klubi ustozi Yulian Nagelsmann Chempionlar Ligasida “Barselona” ustidan to‘rtta g‘alabaga erishgan tarixdagi ilk murabbiyga aylandi. Germaniyalik mutaxassis katalonlarni uch marta taslim etgan Joze Mourinyoning rekordini yangiladi.

Shuningdek, “Bavariya” “Kamp Nou”da “Barselona”ga qarshi kechgan so‘nggi 7 o‘yindan beshtasida g‘alaba qozondi, yana ikki o‘yinda katalonlarning qo‘li baland kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102408 | Инструменты