AQSH Venesuelaga havo zarbalari berdi: Tramp Nikolas Maduro qo‘lga olinganini eʼlon qildi

3 yanvar kuni ertalab Venesuela poytaxti Karakas va uning atrofidagi hududlar AQSH qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan kuchli havo zarbalari ostida qoldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Karakasda kamida yettita kuchli portlash ovozi eshitilgan va shahar osmonida pastlab uchuvchi harbiy samolyotlar ko‘ringan. Shaharning ayrim qismlarida elektr taʼminoti uzilgan.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro barcha milliy mudofaa rejalarini amalga oshirishni buyurdi va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Hukumat o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.

Oradan vaqt o‘tib AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olingani hamda mamlakatdan olib chiqib ketilganini eʼlon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13112 | Инструменты