“Bavariya” Chempionlar Ligasidagi g'alabalar soni bo'yicha “Barsa”ni ortda qoldirib, peshqadam “Real”ga yaqinlashdi
Germaniyaning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida o'z stadionida “Barselona”ni mag'lubiyatga uchratdi — 2:0. Shu tariqa, klub musobaqadagi gʻalabalarning umumiy soni boʻyicha “Barselona”ni ortda qoldirdi.
“Bavariya” hisobida ushbu turnirdagi gʻalabalar soni 159 taga yetdi, “Barsa”da esa bu koʻrsatkich 158 taga teng. Keyingi oʻrinlarda — “Manchester Yunayted” (124) va “Yuventus” (109) bormoqda.
Turnirdagi g'alabalar soni bo'yicha mutlaq yetakchi esa Madridning “Real” klubi hisoblanadi — 174 ta gʻalaba. Myunxenliklarga birinchi o'ringa chiqish uchun yana 15 ta g'alaba yetishmayapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10400 | Инструменты
Real chokyaptu
BAVARIYA 15 g'alabaga erishguncha REAL 25 g'alaba qozonadi
Real ham qarab turmas