“Bavariya” futbolchisi Messi va Ronalduni solishtirdi
Germaniyaning “Bavariya” klubi futbolchisi Jamol Musialadan Messi va Ronaldudan qay biri kuchli ekanligi haqidagi savolga javob berdi.
“Messi, Xavi va Inyestasi bor buyuk “Barsa”ning oʻyinlarini koʻp kuzatganman. Ularning oʻyinlarini tomosha qilish yoqimli edi. Ularning futbolini koʻrish zavq berardi. Shubhasiz, diqqat bilan kuzatib bordim.
“Barsa” — juda kuchli falsafaga ega klub, ular doimo iqtidor va texnikaga urgʻu beradi. Oʻshanda jamoaning tomoshabinlardan biri edim.
“Real”? Bu ham afsonaviy klub. Menga Ronalduning “Real”i va Messining “Barselona”si oʻrtasidagi klasiko yoqardi. Tanlov? Krishtianuni hurmat qilishimga qaramay, Messini afzal koʻraman”, — deyd “Bavariya” yarim himoyachisi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10400 | Инструменты