O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Myunxenning “Bavariya” klubi nazariga tushdi. Bu haqida agent Anton Smirnovning so‘zlariga tayanib, “O‘zbekskaya kuxnya” blogi xabar bermoqda.
“Abbosbek U-23 terma jamoasida o‘ynab yurgan vaqtlaridayoq myunxenliklarning e’tiboriga tushgandi. Hozirda esa nemis skautlari uning o‘yinini kuzatmoqda”, — deydi Smirnov.
O‘zbekistonda 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum RPLda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Osiyo Kubogining chorak finaliga qadar yetib bordi.
Transfermarkt portali Fayzullayevning transferini 4 million yevroga baholagan.
Avvalroq, portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Fayzullayev Yevropa kuchli beshlik chempionatiga ko‘chib o‘tishga tayyorligi haqida gapirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11317 | Инструменты