“Bavariya” yozgi transferlar oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi

Niderlandiyaning “Ayaks” klubi futbolchisi Nussair Mazraui faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

Myunxenning “Bavariya” klubi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari marokashlik futbolchining transferini rasman eʼlon qildi. 24 yoshli futbolchi myunxenliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshildi va yangi jamoasi bilan 2026-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Maʼlumot uchun, Mazraui 2018-yildan buyon amsterdamliklar asosiy jamoasida harakat qilib kelayotgan edi.

Futbolchi Amsterdam klubi asosiy jamoasi safida jami 136 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10619 | Инструменты