Braziliya va Argentina peshqadam, Portugaliya o‘ntalikda ham yo‘q: JCh-2022’ni yutish uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi
Britaniyaning taniqli “Goal” nashri Qatarda bo‘lib oʻtadigan Jahon chempionatida gʻolib chiqishga daʼvogar jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, turnir boshlanishiga bir kun qolganida Braziliya gʻoliblikka asosiy favorit sifatida qaralmoqda. Shuningdek, Argentina va Germaniya top-3 dan oʻrin olgan.
Avvalgi roʻyxatda 10-pogʻonada boʻlgan Portugaliya 11-oʻringa tushib ketdi.
Top-10 quyidagicha koʻrinishda:
1. Braziliya
2. Argentina
3. Germaniya
4. Ispaniya
5. Fransiya
6. Angliya
7. Niderlandiya
8. Daniya
9. Belgiya
10. Xorvatiya
Alpha version: 0.9.1.19 build 61711 | Инструменты