“Bu gol Ronaldu uchun juda kerak edi, butun jamoa unga gol sovg'a qilishni xohladi”, — Erik ten Hag

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Hag Yevropa Ligasi 2-turidan oʻrin olgan “Sherif”ga (2:0) qarshi oʻyindan soʻng uchrashuv va Ronaldu haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Sancho uchun juda xursandman. Yana bitta gol. U mavsum oldi yigʻinlarda juda koʻp gollar urdi va bu mavsumda hozircha 3 ta toʻp kiritdi. U juda yaxshi ishlaydi. Lekin, menimcha, Jeydon yanada kuchli boʻlishi mumkin, chunki u noyob iste’dodga ega.

Ronalduga kelsak, u uchun bu gol juda kerak edi. Bu mavsumda u koʻp bor golga yaqin keldi, buni juda xohlagandi. Biz u uchun xursandmiz va jamoa Krishga gol berishni xohladi. Penaltidan Krishtianu doim unumli foydalanishini bilasiz”, — deydi Ten Hag.

Mavzuga doir:

“Manchester Yunayted” Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda yomon natija qayd etmoqda

“Manchester Yunayted” bu mavsum hisobiga ko'ra ilk bor Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinda g'alaba qozondi

Tomas Myuller “Barsa”ga qarshi bahs oldidan Ronaldu va Messidan qay biri kuchliroq ekanini aytdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10703 | Инструменты