Bu mavsum APLda qaysi jamoa chempion bo‘ladi: “Arsenal” yoki “Siti”? Arsen Venger javob berdi
Angliyaning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger “kanonirlar”ning joriy mavsumdagi chempionlik imkoniyati borasidagi savolga javob qaytardi.
“Arsenal” chempion boʻla oladimi? Ha, deb javob bergan boʻlardim. Sababi, Premyer-ligada gʻoliblik uchun kurashadigan aksariyat jamoalar allaqachon kurashdan chiqib boʻlishdi va yagona xavfni endi faqat “Siti”dan kutish mumkin.
Ammo bu mavsum hattoki “Siti” ham oʻtgan yil yoki ikki yil avvalgidek tajovuzkor jamoa emas. Bu mavsumda men eʼtibor bergan yana bir jihat — “Siti” himoyada avvalgi mavsumlarga qaraganda zaifroq koʻrinmoqda”, — deydi fransiyalik sobiq murabbiy.
Maʼlumot uchun, APL 12-turining qoldirilgan oʻyini doirasida peshqadam “Arsenal” (51 ochko) 15-fevral oqshomida “Manchester Siti”ni (48 ochko) qabul qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60906 | Инструменты