“Bu mening eng yaxshi Jahon chempionatimmi? Keling, Argentina finalda ekanidan zavqlanaylik”, — Messi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati yarim finalidan oʻrin olgan Xorvatiyaga (3:0) qarshi oʻyindan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Turli xil his-tuygʻular. Bularning barchasi juda zoʻr. Jahon chempionati paytida bu muxlislarni va oilamni koʻrish juda ajoyib boʻldi. Soʻnggi oʻyingacha! Bu biz xohlagan narsa edi.
Bu mening eng yaxshi jahon chempionatimmi, bilmayman. Uzoq vaqtdan beri oʻyindan zavqlanaman. Buni uddalay olishimizga amin edik. Kimligimizni bilamiz va odamlardan bizga ishonishlarini soʻradik. Argentina jahon chempionati finaliga qaytdi. Keling, zavqlanaylik!” — deydi Messi.
Jamoa 18-dekabr kuni boʻladigan finalda Fransiya-Marokash juftligi gʻolib bilan toʻqnash keladi. Leo esa 2-bor mundial finalida oʻynaydi — 2014-yili u Germaniyaga (0:1) yutqazib qoʻygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112610 | Инструменты