Huawei 1
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonga keladi

Joriy yil fevral oyining uchinchi haftasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Ozarbayjon va O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The News International nashri xabar berdi.

«Pokiston o‘zining «Vision Central Asia» siyosatiga muvofiq Markaziy Osiyo davlatlari hamda Kavkazning muhim davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qiladi, shuningdek, muhim savdo shartnomalarini imzolaydi. Unga mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar, bir qancha vazirlar hamda biznes doira vakillari hamrohlik qiladi.

Shahboz Sharifning Bokuga tashrifi esa Ilhom Aliyevning taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Tashrif davomida bir qancha iqtisodiy kelishuvlar imzolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11200 | Инструменты