Huawei 1
Markaziy bank 3 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi

Markaziy bank 2024-yilning dekabr oyida 3 ta moliya tashkilotiga nisbatan jarima qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan o‘tgan oydagi yig‘ilishlarda 37 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shundan 7 tasi kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, yana 7 tasi ular ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish borasida bo‘lgan.

Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala — belgilangan talablarning bajarilishi hamda o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari muhokama qilindi. Banklar, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida kamchiliklar kuzatilgan.

O‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 1 ta bank, 1 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

Shuningdek, 9 ta bank, 2 ta lombard va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. Ular Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlariga, valyuta va tashqi savdo operatsiyalarida qonunchilikka amal qilmagan.

Bank nazorati qo‘mitasi qarori bilan “Nur Lombard” ta’sischisi tomonidan lombard faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi sabab reyestrdan chiqarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11200 | Инструменты