“Bu — Qatarda qilgan aqlbovar qilmas ishlarimiz uchun”, — Messi “The Best” sovrinini yutganidan keyin nimalar dedi?
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritganidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Bu marosimda ishtirok etish va mukofot olish men uchun sharafdir. Benzema va Mbappeni ajoyib yil oʻtkazishgani uchun tabriklamoqchiman. Sheriklarimdan minnatdorman, Skaloni va Emiliano ham bugun shu yerda va biz bir jamoamiz. Bu mukofotlar Qatarda qilgan ishlarimiz uchun butun jamoaga berilmoqda.
Aql bovar qilmas yil boʻldi, koʻp yillik kurashlardan keyin orzuyimni (jahon chempionligi) amalga oshirishga muvaffaq boʻldim. Har bir futbolchi buni orzu qiladi, ammo bunga erisha oladiganlar kam. Oilamga, barcha argentinaliklarga xotiramizda abadiy saqlanib qoladigan oʻziga xos oy uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hozir marosimni tomosha qilayotgan farzandlarimni oʻpib qolaman. Uyqu vaqti keldi!” — deydi argentinalik hujumchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты
Johon chempionati oyin bolganligini kozi korladan tashqari hamma bildiku