Bugun, 29-may kuni 23 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida oʻtkaziladi.
Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi koʻrsatkich boʻyicha savatchalarga taqsimlangan. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan oʻrin olgan. Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vyetnam mezbonlik qiladi.
Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash oʻyinlari 1-9-sentyabr kunlari oʻtkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53104 | Инструменты