Huawei 1
Bugun futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo'lib o'tadi

Bugun 2022-yil Quvaytda boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo'lib o'tadi. 

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabariga ko'ra, marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Vakillarimiz Markaziy va Janubiy zona saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022-yilning 1-15-aprel kunlarida oʻtkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты